Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman ta’sir chorasidan so‘ng koloniyadagi sharoitlar yaxshilandi
Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 13-son jazoni ijro etish koloniyasiga amalga oshirilgan monitoring tashrifida mazkur koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning yashash sharoitlari o‘rganilib, bir qator kamchiliklar aniqlangan edi.

Xususan, qisqa muddatli uchrashuv xonalarining ta’mirtalab holatda ekanligi hamda koloniya hududida o‘rnatilgan «Ombudsman qutilari» qonunchilik talablariga muvofiq emasligi qayd etilgan.

Shuningdek, mahkumlarning yaqin qarindoshlari bilan uzoq muddatli uchrashuv o‘tkazishlari uchun mo‘ljallangan xonalar yetishmasligi sababli mahkumlarning yaqin qarindoshlaridan noroziliklar bildirilgan.

Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan Ombudsman tomonidan Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga ogohlantirish shaklidagi ta’sir chorasi kiritildi.

Ombudsmanning ogohlantirishi natijasida koloniya hududidagi barcha «Ombudsman qutilari» qonunchilikda belgilangan talablar asosida qayta o‘rnatildi. Shuningdek, qisqa muddatli uchrashuv xonalarida ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, mavjud sharoitlar yaxshilandi va xonalar foydalanish uchun talab darajasiga keltirildi.  

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati