Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
“Ombudsman maktabi” doirasida mahkumlar uchun ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda
17 Iyu
Harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanayotgan yopiq muassasalarda huquqiy bilim va ko‘nikmalarni oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” platformasi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
Buxoro mintaqaviy vakili fuqarolar uchun sayyor qabul o‘tkazdi
16 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Buxoro viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Buxoro shahridagi “Jalol Ikromiy” mahallasida fuqarolar murojaatlarini o‘rganish maqsadida sayyor qabul o‘tkazildi.
Markaziy tergov hibsxonasida “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi
15 Iyu
2026 yil 15 iyun kuni Jazoni ijro etish departamenti 1-mintaqaviy hudud Markaziy tergov hibsxonasida “Qiynoqlarga mutlaq yo‘l qo‘ymaslik” tamoyilini targ‘ib qiluvchi “Ombudsman maktabi” o‘tkazildi.
Ombudsmanning mintaqaviy vakillari faoliyati jamoatchilikka yetkazildi
11 Iyu
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 16 fevraldagi Farmoni bilan tasdiqlangan “«Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish» yilida ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha islohotlar dasturlari va «O‘zbekiston — 2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha davlat dasturi”da Ombudsman va uning mintaqaviy vakillari faoliyati yuzasidan har chorakda jamoatchilikni xabardor qilish amaliyoti nazarda tutilgan.
Ombudsman institutining xalqaro akkreditatsiyasiga oid masalalar muhokama qilindi
10 Iyu
2026 yil 9 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda BMTning Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi vakillari ishtirokida onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ombudsman va YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori o‘rtasidagi hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi
09 Iyu
2026 yilning 8 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova YEXHTning O‘zbekistondagi loyihalari koordinatori Antti Karttunen bilan uchrashdi.
“Ombudsman soati” platformasi orqali o‘quvchilarning huquqiy savodxonligi oshirilmoqda
08 Iyu
O‘quvchilarning huquqiy bilimlarini mustahkamlashga qaratilgan navbatdagi mashg‘ulotlar Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Qashqadaryo, Toshkent, Xorazm, Buxoro viloyatlari hamda Toshkent shahridagi umumta’lim maktablarida tashkil etildi. Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan o‘tkazilgan darslarda 800 nafardan ortiq o‘quvchi qamrab olindi.
Ombudsman Polshada hamyurtlarimiz bilan sayyor qabul o‘tkazdi
04 Iyu
Joriy yilning 2 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F. Eshmatova O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Elchixonasi vakillari ishtirokida Polshada vaqtincha mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan O‘zbekiston fuqarolari bilan joyiga chiqqan holda uchrashildi.
Ombudsman Polsha parlamenti a’zolari bilan uchrashdi
04 Iyu
2026 yilning 2 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Polsha Parlamenti quyi palatasi — Seym a’zolari Marek Rjonsa, Vanda Novitska hamda Alitsiya Lepkovska-Golas bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Polsha Konstitutsiyaviy tribunali va Polsha Ombudsman instituti vakillari bilan muloqot
03 Iyu
2026 yilning 2 iyun kuni Ombudsman F. Eshmatova va O‘zbekiston Respublikasining Polsha Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi A.Aʼzamxo‘jayev ishtirokida Polsha Respublikasi Konstitutsiyaviy tribunali (Konstitutsiyaviy sud) raisi o‘rinbosari Bartlomey Soxanskiy bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ombudsman Polshadagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markazida fuqarolarimiz bilan ko‘rishib, sharoitlar bilan tanishdi
03 Iyu
2026 yilning 2 iyun kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Polshadagi chet el fuqarolarini vaqtincha saqlash markaziga tashrif buyurdi.
Varshavada inson huquqlari, so‘z erkinligi va gender tengligi masalalari bo‘yicha xalqaro davra suhbati o‘tkazildi
02 Iyu
2026-yil 1-iyun kuni Polsha Respublikasining Varshava shahrida O‘zbekiston tashabbusi bilan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining (YEXHT) Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi (DIIHB) hamkorligida Varshava universitetida “Inson huquqlari, so‘z erkinligi va gender tengligi: milliy islohotlar, xalqaro standartlar va o‘zaro hamkorlik” mavzusida xalqaro davra suhbati o‘tkazildi.