Tadbirda Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va O‘zbekiston vakillari insonning malakali tibbiy yordam olishga bo‘lgan huquqi, xalqaro inson huquqlari standartlari kontekstida erta turmush qurish oqibatlari, mahkumlarning huquqlarini himoyasiga bag‘ishlargan hamda MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining protseduraviy masalalariga oid, jami 13 ta masala ko‘rib chiqildi.
O‘zbekiston vakili o‘z nutqida mamlakatimizda fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash yo‘nalishida jadal islohotlar amalga oshirilayotganligini, jumladan, fuqarolarimiz tibbiy yordamning kafolatlangan hajmini davlat hisobidan olishga haqli ekanligi konstitutsiyaviy darajada mustahkamlanishi, bemor huquqlarining batafsil tartibga solinishi, sog‘liqni saqlash sohasida strategik yo‘nalishlarning mavjudligi, ayrim kasalliklar va aholi guruhlari bo‘yicha maqsadli dasturlarning qabul qilinganligi, reproduktiv salomatlik, transplantatsiya va donorlik kabi sohalarda maxsus huquqiy mexanizmlarning rivojlanganligi hamda mazkur yo‘nalishdagi huquqlarini himoya qilishda Ombudsmanning, inson huquqlari milliy institutlarning roli muhimligini maʼlum qildi.
Shuningdek, yig‘ilishda ko‘tarilgan masalalr bo‘yicha Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston vakillari ishtirokida inson huquqlarini taʼminlashga oid ilg‘or tajribalar bo‘yicha fikr almashildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






