Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman fuqarolar qabulini o‘tkazdi
2026 yil 27 ferval kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova tomonidan navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi. Qabul jarayonida 30 nafardan ortiq fuqarolar murojaatlarini qoldirishdi.

Qabul jarayonida fuqarolar tomonidan mehnat munosabatlari, pensiya taʼminoti, ijro hujjatlarining bajarilishi, aliment, inson shaʼni va daxlsizligi, turar joy hamda mulk huquqi, shuningdek tergovga oid masalalar yuzasidan murojaatlar ko‘rib chiqildi. Bundan tashqari, qamoqda saqlanayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari tomonidan kelib tushgan murojaatlar ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Har bir murojaat bo‘yicha amaldagi qonun hujjatlariga tayangan holda huquqiy izoh va tushuntirishlar berildi. Ayrim masalalar qo‘shimcha o‘rganish talab etgani bois Ombudsman nazoratiga olinib, joyiga chiqqan holda o‘rganish uchun tegishli mintaqaviy vakillarga yuborildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati