Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman mintaqaviy vakili tashabbusi bilan nogironligi bo‘lgan mahkumlarga reabilitatsiya vositalari yetkazib berildi
Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 4, 5 va 11-son jazoni ijro etish koloniyalarida o‘tkazilgan “Ombudsman maktabi” tadbirlari hamda monitoring tashriflari davomida mahkumlarning ijtimoiy himoyaga oid ehtiyojlari o‘rganildi.

Mahkumlar bilan o‘tkazilgan suhbatlar natijasida nogironligi bo‘lgan shaxslarga 9 ta nogironlik aravachasi, ko‘zi ojizlar uchun 8 ta maxsus hassa, 5 ta yurish moslamasi, 9 ta qo‘l hassasi, 13 ta qo‘ltiq tayog‘i hamda 2 ta protez zarurligi aniqlandi.

Ombudsman mintaqaviy vakilining tashabbusi bilan Ijtimoiy himoya milliy agentligining Navoiy viloyati bosh boshqarmasi ko‘magida mazkur texnik reabilitatsiya vositalari jazoni ijro etish koloniyalariga to‘liq yetkazib berildi.

Eng muhimi, murojaatlar tinglandi, ehtiyojlar aniqlandi va amaliy natijaga erishildi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati