Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Ombudsman Germaniyaning Maks Plank jamg‘armasi vakili bilan uchrashdi
2025 yil 1 dekabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Germaniyaning Maks Plank Xalqaro tinchlik va qonun ustuvorligi jamg‘armasi vakili X. Evans bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Suhbat davomida mamlakatimizda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, jabrlanganlarga huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shu bilan birga, O‘zbekistonda qisqa davr mobaynida inson huquqlarini himoya qilish, xususan, ayollarni qo‘llab-quvvatlash sohasida amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar hamda davlat tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar e’tirof etildi.
Uchrashuvda jamg‘armaning mintaqaviy yo‘nalishlarda amalga oshirayotgan ishlari, shu jumladan, inson huquqlari hamda konstitutsiyaviy islohotlar sohasidagi hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati