Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Sirdaryo tumanida fuqarolar taklifi asosida sayyor qabul o‘tkazildi
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan fuqarolar taklifi asosida Sirdaryo tumanidagi “Xazina” mahalla fuqarolar yig‘inida sayyor qabul o‘tkazildi. Unda Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati S. Elmurodov ham ishtirok etdi.

Qabulda “Xazina”, “Ishonch” va “Tadbirkor” mahallalarida yashovchi fuqarolar ishtirok etib, ijtimoiy masalalar, ko‘chalarni ta’mirlash, elektr energiyasidan qarzdorlik hamda boshqa masalalar yuzasidan murojaatlarini bildirdilar.

Qabul qilingan murojaatlarda ko‘tarilgan masalalar tegishli davlat organlari va tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganiladi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati