Unda Ombudsmanning Sirdaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili, Ijtimoiy himoya milliy agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi, viloyat Adliya boshqarmasi, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyatidagi vakilining xotin-qizlar bo‘yicha o‘rinbosari hamda Guliston davlat universiteti psixologlari ishtirok etdi.
Ayni vaqtda mazkur markazda farzandlari bilan birga 3 nafar ayol yashamoqda. Uchrashuv davomida ular bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, hayotida duch kelgan sinovlar, bugungi ehtiyojlari va kelgusi rejalari haqida suhbatlashildi.
Muloqotda reabilitatsiya markazlaridagi ayollarni qiynayotgan asosiy masalalardan biri — boshpana muammosiga alohida eʼtibor qaratildi. Chunki ularning ayrimlari yana zo‘ravonlikka uchragan xonadoniga qaytishni istamaydi. Shu bois xavfsiz yashash muhitini taʼminlash va ijtimoiy uy-joy ajratish imkoniyatlari ham muhokama qilindi.
Shuningdek, suhbat davomida zo‘ravonlik qurbonlarini qo‘llab-quvvatlashga oid huquqiy mexanizmlar, mavjud imtiyoz va himoya choralari bo‘yicha tushuntirishlar berildi. Psixologlar tomonidan esa ayollar bilan ichki xavotir va qo‘rquvlarni yengishga qaratilgan alohida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






