Navbatdagi sayyor qabullar Ombudsman mintaqaviy vakillari tomonidan Sirdaryo viloyati Guliston shahri “Shodlik” mahallasida, Buxoro tumani “Oybek” mahallasida, Qashqadaryo viloyatining Muborak va Koson tumanlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasining Bo‘zatov tumanida o‘tkazildi.
Sayyor qabullarda jami qariyb 70 nafar fuqarolarning murojaatlari o‘rganilib, tuman va viloyat mas’ullari jalb etilgan holda masalalarni joyida hal etish choralari ko‘rildi.
Murojaatlarda asosan ish bilan ta’minlash, ijtimoiy yordam, uy-joy va aliment, sog‘liqni saqlash hamda yuridik maslahat olish bo‘yicha masalalar ko‘tarildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






