Mazkur holat Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan nazoratga olingan holda o‘rganildi. 3 noyabr kuni Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Navoiy shahridagi 11-son jazoni ijro etish muassasasi turma uchastkasiga monitoring tashrifi amalga oshirilib, mahkum X.Jumayev bilan shaxsan suhbat o‘tkazildi.
O‘rganish jarayonida mahkumning jazo o‘tash sharoiti, huquq va majburiyatlaridan foydalanish holati hamda yaqinlari bilan uchrashuvlar tartibi o‘rganildi. Shu bilan birga, X.Jumayev 2 nafar xolis mahkum va tibbiy xodim ishtirokida tibbiy guvohlantirishdan o‘tkazilganda, uning tanasida tan jarohati alomatlari aniqlanmagan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha Navoiy maxsus prokuraturasi tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha jamoatchilikka qo‘shimcha maʼlumot taqdim etiladi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati






