Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
MDHga aʼzo davlatlari o‘rtasida migratsiya masalasi bo‘yicha hamkorlik qo‘shnichilik aloqalarini yana-da mustahkamlanishiga xizmat qiladi – Ombudsman. MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi yig‘ilishi tafsilotlari
Bugun, 2024 yilning 27 iyun kuni Sankt-Peterburg shahrida MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yig‘ilishda mazkur Komissiya aʼzosi, O‘zbekiston Respublikasidan vakil sifatida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) F.Eshmatova ishtirok etdi. Shuningdek, muhokamalarda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston vakillari ham ishtirok etishdi.

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalardan kelib chiqib, ishtirokchilar Hamdo‘stlik mamlakatlaridaishlayotgan fuqarolarning ijtimoiy huquqlarini himoya qilish masalalarini muhokama qilishdi. 

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili Feruza Eshmatova Komissiya aʼzolarini mamlakatlaridagi migratsiya sohasidagi milliy qonunchilikni xalqaro huquq normalaridan kelib chiqib takomillashtirish va migrantlarning huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmlarini mustahkamlash maqsadga muvofiqligini bildirdi.

Migratsiya sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish va migrantlarning huquqlarini himoya qilish masalalari Hamdo‘stlik makonida juda dolzarb ekanligiga eʼtibor qaratdi. Shuningdek, migrantlarning huquq va majburiyatlarini aniqlash va tasniflash bo‘yicha inson huquqlari bo‘yicha halqaro majburiyatlarga mos bir hil yondashuvni shakllantirish, migratsiya sohasidagi ko‘plab uzoq vaqtdan beri muammo bo‘lib kelgan masalalarni hal qilishga yordam berishi mumkinligiga ishonch bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 2022 yil 15 oktyabrdagi Qozog‘iston poytaxti Ostonadagi sammit yakunlari bo‘yicha Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari rahbarlari yig‘ilishida “MDHning inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi to‘g‘risidagi yangi nizomi” qabul qilingan. MDHning Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. MDH Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasi birinchi yig‘ilishi 2023 yil 29 noyabrda Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan edi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati

Yangiliklar kategoriyalari