Monitoring o‘tkazilgan kunda 360 o‘ringa mo‘ljallangan dispanserda chegara, erkaklar, ayollar, yosh o‘smirlar, bolalar, gerontologiya, psixosomatika, psixotuberkulyoz va umumiy tipdagi majburiy davolash bo‘limlari mavjudligi aniqlandi.
Maʼlum bo‘lishicha, dispanserdagi bemorlarning yotoq joylari hamda yuvinish xonalari holati sanitariya-gigiyena talablariga javob beradi. Shuningdek, davolanayotgan shaxslarga autsorsing xizmati asosida kundalik taomnomaga mos issiq ovqatlar berilayotgani, tibbiyot bo‘limidagi dori-darmonlarning yaroqlilik muddati o‘tmagani va muassasa hududida obodonlashtirish ishlari olib borilgani aniqlandi.
Monitoring tashrifida ayrim kamchiliklar ham aniqlandi, jumladan, bemorlarga yaqin qarindoshlari bilan qisqa muddatli uchrashuv xonalari ajratilmagan hamda ayrim dori-darmon vositalari taʼminotida uzilishlar bo‘layotganligi aniqlandi.
Shu bilan bir qatorda, dispanserda davolanayotgan shaxslar bilan bilan jamoaviy tartibda suhbatlashildi. Ombudsmanning mintaqaviy vakiliga yakka tartibda murojaat qilish istagida bo‘lgan shaxslar murojaatlari holi tarzda qabul qilindi.
Monitoring yakunlariga ko‘ra, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha Ombudsman mintaqaviy vakilining tavsiyalari berildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati