Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
Saylovda ishtirok etib, davlat boshqaruvida ishtirok eting
 Har bir fuqaro davlat boshqaruvida ishtirok etish yaʼni saylash huquqiga ega. Bu uning konstitutsiyaviy huquqi.

9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan muhim siyosiy tadbir – muddatidan ilgari O‘zbekiston Prezidenti saylovi jarayonlari eng qizg‘in pallaga yetdi. Shu kunga qadar saylovchilar uchun saylov uchastkalarida barcha sharoitlar hozirlandi. Prezidentlikka nomzodlarga o‘z saylovoldi dasturlari tashviqotini amalga oshirishlari uchun teng imkoniyatlar yaratildi. O‘ylaymizki, barcha, nomzodlar tomonidan ilgari surilgan mamlakat ravnaqi yo‘lidagi tashabbuslar bilan tanishib chiqdi.

Bugun saylov qonunchiligiga muvofiq “Sukunat” kuni. Yaʼniki fikrlarni bir joyga jamlab, targ‘ibot natijalarini tahlil qilib bir qarorga kelish vaqti.

Mamlakat kelajagini belgilovchi ushbu saylovda barcha o‘z ovozi bilan ishtirok etishi, nafaqat uning siyosiy huquqi, balki davlat oldidagi burchi hamdir. Chunki, biz ertaga barpo etadigan yurtda bizning farzandlarimiz kamol topadi. Shuning uchun ham, bunday siyosiy jarayonda befarq pozitsiyada bo‘lishga haqqimiz yo‘q.

Fuqarolarimizni saylovda faol bo‘lishi ertangi taqdirimiz uchun muhimdir!

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Axborot xizmati