Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
Buxoroda Osiyo xotin-qizlarining ikkinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda
14 May
2026 yil 14–15 may kunlari Buxoro shahrida Osiyo xotin-qizlarining ikkinchi forumi bo‘lib o‘tmoqda.
Ombudsman faoliyatining taʼsirchanligi oshirilmoqda
14 May
Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida inson huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini yana-da kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.
Hududlarda inson huquqlarini taʼminlash holati mahalliy Kengashlar sessiyalarida muhokama qilindi
12 May
Xalq deputatlari Xorazm, Namangan, Qashqadaryo va Andijon viloyatlari Kengashlari sessiyalarida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning tegishli mintaqaviy vakillari tomonidan hududlarda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati yuzasidan maʼruzalar taqdim etildi.
Xorazmda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda hamkorlik masalalari muhokama qilindi
08 May
2026 yil 8 may kuni Urganch shahrida “Huquqiy madaniyatni yuksaltirishda nodavlat notijorat tashkilotlari, fuqarolik jamiyati va davlat idoralari hamkorligi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
“Ombudsman maktabi” platformasi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda davom etmoqda
06 May
Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” platformasi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda o‘tkazilishi davom etmoqda.
“Ombudsman soati” Buxoroda: O‘quvchilarning huquqiy bilimlari mustahkamlanmoqda
05 May
Inson huquqlariga oid tushunchalarni shakllantirish yosh avlodda nafaqat o‘z huquqlarini anglash, balki atrofdagilarning huquqlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish ko‘nikmasini ham rivojlantiradi. Shu maqsadda mamlakatimizdagi umumtaʼlim muassasalarida o‘quvchilar uchun “Ombudsman soati” mashg‘ulotlari tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilmoqda.
Navoiyda odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari muhokama qilindi
04 May
2026 yil 4 may kuni Navoiy viloyatida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha hududiy komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Milliy komissiya aʼzosi — Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova, hududiy komissiya aʼzolari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, tegishli idora va tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
IIV Akademiyasida “Ombudsman maktabi” doirasida ochiq muloqot o‘tkazildi
30 Apr
2026 yil 29 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “Ombudsman maktabi” o‘tkazildi. Tadbirda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) instituti vakillari, IIV Akademiyasi professor-o‘qituvchilari, tinglovchi va kursantlari ishtirok etdi. Unda 90 nafarga yaqin ishtirokchi qamrab olindi.
“Ombudsman soati”: maktablarda huquq va masʼuliyat haqida ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda
29 Apr
Inson huquqlari haqidagi bilim maktab davridanoq shakllansa, yoshlarda nafaqat o‘z huquqini bilish, balki boshqalar huquqini hurmat qilish madaniyati ham mustahkamlanadi. Shu maqsadda respublika bo‘ylab umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari uchun “Ombudsman soati” darslari tashkil etilmoqda.
“Ombudsman maktabi” platformasi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda o‘tkazilmoqda
28 Apr
Aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” platformasi endilikda harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan yopiq muassasalarda ham tashkil etilmoqda.
Mintaqaviy vakillar mahalliy Kengashlarga inson huquqlarini himoya qilish holati yuzasidan maʼruza taqdim etdi
27 Apr
“O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) to‘g‘risida”gi Qonunning 43-moddasiga muvofiq, Ombudsmanning mintaqaviy vakili hududda inson huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish holati to‘g‘risida Ombudsman bilan kelishilgan holda har yili tegishincha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesiga, xalq deputatlari viloyatlar va Toshkent shahar Kengashlariga maʼruza taqdim etadi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida inson huquqlarini himoya qilish sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi
23 Apr
2026 yilning 22 aprel kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Feruza Eshmatova Rossiya Federatsiyasi Oltoy o‘lkasi Inson huquqlari bo‘yicha vakili Anton Vasilyev bilan uchrashdi.