Ombudsmanga “Sirdaryo suv taʼminoti” AJ Xovos tuman bo‘limi xodimlari dam olish va bayram kunlari majburan ishga jalb qilinayotgani haqida murojaat kelib tushdi.
2026 yilning 10 sentyabr kuni Angren shahrining “Mirzo Ulug‘bek”, “Obod”, “Navbahor”, “Yangiobod” va “Oppartak” mahallalari fuqarolari uchun Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga fuqaro D.S. murojaat qilib, Sirdaryo viloyatidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlaridan birida xodimlar majburiy mehnatga jalb qilinayotgani yuzasidan amaliy yordam so‘radi.
Ombudsmanga 13-son jazoni ijro etish koloniyasida jazo muddatini o‘tayotgan mahkum K.B.ning advokatidan murojaat kelib tushdi. Unda mahkum moddiy zararning ancha qismini qoplagani, intizomiy jazoga tortilmagani va rag‘batlantirilganiga qaramay, unga tuzalish yo‘liga o‘tganligi haqida ijobiy xulosa berilmagani bayon qilingan.
Murojaatchilar bilan manzilli ishlash maqsadida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga kelib tushayotgan murojaatlar hududlar kesimida muntazam tahlil qilinib, murojaatlar nisbatan ko‘p yuborilayotgan hududlarda sayyor qabullar tashkil etilmoqda.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga kelib tushayotgan murojaatlarda bayon etilgan holatlarni har tomonlama va xolis o‘rganish maqsadida hududlardagi mintaqaviy vakillar tomonidan joyiga chiqib o‘rganishlar olib borilmoqda.
2026 yil 27 avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning navbatdagi qabuli o‘tkazildi. Unda fuqarolarning turli huquqiy va ijtimoiy masalalarga oid murojaatlari eshitildi.
2026 yilning 13 avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tomonidan Jizzax viloyatining Mirzacho‘l tumanida “Ombudsman maktabi” platformasi doirasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
2026 yilning birinchi yarim yilligida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, xorijiy davlatlar fuqarolari va ombudsmanlari, fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar, jamoat tashkilotlari hamda boshqa yuridik shaxslardan jami 10 468 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 12 tasi belgilangan tartibda anonim deb topildi.
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) tashabbusi bilan aholining huquqiy xabardorligini oshirishga qaratilgan “Ombudsman maktabi” platformasi doirasida hududlarda aholi bilan ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.
Fuqarolar murojaatlarini joyida hal etish maqsadida Ombudsmanning hududlardagi sayyor qabullari davom etmoqda. Sayyor qabul o‘tkaziladigan mahallalar esa fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar tahlili asosida tanlanmoqda.