Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
monitoring
Ombudsman mintaqaviy vakili tashabbusi bilan nogironligi bo‘lgan mahkumlarga reabilitatsiya vositalari yetkazib berildi
15 Sen
Ombudsmanning Navoiy viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 4, 5 va 11-son jazoni ijro etish koloniyalarida o‘tkazilgan “Ombudsman maktabi” tadbirlari hamda monitoring tashriflari davomida mahkumlarning ijtimoiy himoyaga oid ehtiyojlari o‘rganildi.
Ayollar koloniyasida mahkumalar bilan ochiq muloqot va sayyor qabul  o‘tkazildi
14 Sen
2026 yilning 14 sentyabr kuni “Ombudsman maktabi” platformasi doirasida 21-son jazoni ijro etish koloniyasida mahkumalar uchun tadbir tashkil etildi. Unda 180 nafar mahkuma ishtirok etdi.
Ombudsman boshchiligida Angren shahridagi yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
11 Sen
2026 yilning 10 sentyabr kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) boshchiligida Angren shahar IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasi (VSH), Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Toshkent viloyat filiali va mastlik holatidagi shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Angren shahridagi shaharlaro punktiga (xushyorxona) monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ombudsman talabnomasidan so‘ng, fuqarolarni noqonuniy ushlab turgan inspektorlarga chora ko‘rildi
08 Sen
Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarda Ombudsman boshchiligida Jamoatchilik guruhlari bilan o‘tkazilgan monitoringda Nukus tumani tibbiyot birlashmasi tarkibidagi Mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktida qonunbuzilish holati aniqlangan edi.
Ombudsman boshchiligida Jizzax viloyatidagi qator yopiq muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi
13 Avg
2026 yilning 13 avgust kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Ombudsman huzuridagi qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhi aʼzolari tomonidan Jizzax viloyatidagi qator harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan muassasalarga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Namangandagi yopiq muassasalarga monitoring: sharoitlar, murojaatlar va amaliy natijalar
12 Avg
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (Ombudsmanning) Namangan viloyatidagi mintaqaviy vakili va jamoatchilik guruhlari tomonidan Namangan viloyatidagi 6-son tergov hibsxonasi va 6-son Jazoni ijro etish koloniyasi (JIEK), viloyat IIB Vaqtincha saqlash hibsxonasi (VSH) hamda Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxona (Maxsus qabulxona), shuningdek Norin tumanidagi mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punkti (Hushyorxona)ga monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ombudsman taqdimnomasidan so‘ng, 260 mln so‘m ajratilishi belgilandi
11 Avg
Ombudsman Devoni xodimlari hamda Ombudsmanning Toshkent viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan 13-son jazoni ijro etish koloniyasida o‘tkazilgan monitoringda bir qator kamchiliklar aniqlangan edi.
Ombudsman taqdimnomasidan so‘ng mahkumlar mehnat qilayotgan obyektlardagi sharoitlar yaxshilandi
03 Avg
Ombudsmanning Toshkent shahridagi mintaqaviy vakili poytaxtda joylashgan 51-son manzil-koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning ish bilan ta’minlanganligi hamda ular mehnat qilayotgan ishlab chiqarish obyektlaridagi sharoitlarni o‘rgangan edi.
Ombudsman boshchiligida Toshkent viloyatidagi 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasida monitoring o‘tkazildi
24 Iyu
2026 yilning 24 iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) boshchiligida uning huzuridagi Qiynoq holatlarini aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha jamoatchilik guruhi aʼzolari Toshkent viloyatidagi 7-sonli jazoni ijro etish koloniyasiga monitoring tashrifini amalga oshirdi.
Ombudsman va Qonunchilik palatasi deputatlari Toshkentdagi qator yopiq muassasalarda monitoring o‘tkazdi
16 Iyu
2026-yilning 16-iyul kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi deputatlari tomonidan hamkorlikda Toshkent shahridagi Ma’muriy qamoqqa olingan shaxslarni saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxona hamda Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazida monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Ombudsmanning Surxondaryodagi monitoringlari: avvalgi tavsiyalar ijrosi o‘rganildi
08 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Surxondaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili tomonidan Surxondaryo viloyatining Termiz shahar va Jarqo‘rg‘on tumani IIBlari vaqtincha saqlash hibsxonalari (VSH), Surxondaryo viloyat IIBning Maʼmuriy qamoqqa olingan shaxslarni qabul qilish va saqlash uchun mo‘ljallangan maxsus qabulxonasi (Maxsus qabulxona) va Muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazi (REM), Respublika ixtisoslashtirilgan narkologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Surxondaryo filiali hamda Termiz shahri va Jarqo‘rg‘on tumanidagi mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish punktlariga (hushyorxona) monitoring tashriflari amalga oshirildi.
Qashqadaryodagi yopiq muassasalarda qanday kamchiliklar aniqlandi?
19 Iyu
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qashqadaryo viloyatidagi mintaqaviy vakili hamda senatorlar bilan hamkorlikda 5-son Tergov hibsxonasi, 2 va 10-son Jazoni ijro etish koloniyalari, 33-son Manzil-koloniya, Qamashi va Koson tumanlari hamda Qarshi shahar IIBlari Vaqtincha saqlash hibsxonalari (VSH), Koson va Muborak tumanlaridagi mastlik holatida bo‘lgan shaxslarga tibbiy yordam ko‘rsatish tumanlararo punktlari (Hushyorxona) hamda Qashqadaryo viloyati IIB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markaziga monitoring tashriflari amalga oshirildi.