Sayt test rejimida ishlamoqda / Сайт тест режмида ишламоқда / The site is running in test mode / Сайт работает в тестовом режиме
TelegramTwitterphoneInstagramYouTubeFacebook
xabar
Mahkumlarning yaqinlariga qulaylik yaratildi
28 May
Yagona interaktiv davlat xizmati portali (my.gov.uz) orqali jazoni ijro etish muassasalarida jazo o‘tayotgan shaxslar haqida ularning yaqin qarindoshlariga elektron ma’lumot taqdim etish xizmati yo‘lga qo‘yildi.
Maktablarda joriy o‘quv yilidagi so‘nggi “Ombudsman soatlari” o‘tkazildi
26 May
Xabaringiz bor, Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan "Ombudsman soati" loyihasi doirasidagi darslar Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) hamda Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda. Bu loyiha yosh avlodning huquqiy savodxonligini oshirish va o‘z huquqlarini himoya qilishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o‘rtasida “Huquq bilimdoni” Ombudsman viktorinasiga start berildi
23 May
So‘nggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish ko‘lami va turlarini kengaytirish, ayniqsa yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topishi, umuman hech kimni muammosi bilan yolg‘iz qoldirmaslik bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Aholi murojaatlari asosida Respublika bo‘ylab fuqarolar bilan ochiq muloqotlar tashkil etildi
23 May
Ma’lumki, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan mamlakatimizning chekka hududlaridagi mahallalarda, oliy o‘quv yurtlarida “Ombudsman maktabi” loyihalari izchil amalga oshirib kelinmoqda.
Ombudsman va yoshlar uchrashuvi: huquqiy bilim va hamkorlik imkoniyatlari
19 May
2025-yil 19-may kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatovaning talabalar bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda Qonunchilik palatasi deputati hamda O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi vakili ham ishtirok etdi.
Ombudsman soati: O‘quvchilarga inson huquqlariga oid zarur ko‘nikmalar berilmoqda
16 May
Inson huquq va erkinliklari bo‘yicha ta’lim berishga qaratilgan tashabbuslar doirasida Ombudsmanning hududlardagi mintaqaviy vakillari tomonidan Respublikamizdagi qator maktablarda “Ombudsman soati” darslari tashkil etildi.
Aholining huquqiy savodxonligini oshirish masalalari muhokama qilindi
13 May
2025-yilning 13-may kuni Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman), O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekistondagi doimiy vakili hamda Finlyandiya Tashqi ishlar vazirligi bilan hamkorlikda “Aholining huquqiy xabardorligini oshirish yo'llarini takomillashtirish masalalari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.
Respublika bo‘ylab “Ombudsman maktabi” tadbirlari va sayyor qabullar o‘tkazilmoqda
08 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman)ga Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Andijon, Surxondaryo, Qashqadaryo hamda Samarqand viloyatlaridan yuborilgan murojaatlar o‘rganilib, ushbu hududlar uchun muhim bo‘lgan masalalar tanlab olindi va mazkur mavzularga bag‘ishlangan “Ombudsman maktabi” tadbirlari o‘tkazildi.
JIDUda tashkil etilgan Ombudsman klubi a’zolari institut faoliyati bilan tanishdi
07 May
2025-yil 7-may kuni Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti “Xalqaro huquq” yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalardan iborat Ombudsman klubi a’zolari Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) Kotibiyatiga tashrif buyurishdi.
Tahlil va ochiq muloqot: Surxondaryoda aholi murojaatlari asosida “Ombudsman maktabi” tadbiri o‘tkazildi
06 May
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan 2024 yil davomida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko‘ra, eng ko‘p murojaatlar yuborilgan uchta hududdan biri — Surxondaryo viloyati hisoblanadi. Jumladan, ushbu hududdan 2117 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, eng ko‘p murojaatlar yaʼni 308 tasi Denov tumani fuqarolari tomonidan yo‘llangan. Ularda asosan turar joy, kommunal xizmatlar, yoshlar va ayollar bandligi, mulkiy nizolar va firibgarlik holatlari ko‘tarilgan.
Yangiyerda qanday masalalar ko‘tarildi?
30 Apr
Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha (ombudsman) xalq va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yish hamda fuqarolarning huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida «Ombudsman maktabi» tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda.  
Maktablarda o‘tkazilayotgan  
28 Apr
Xabaringiz bor, 2023-yildan buyon Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda o‘quvchilarning huquqiy xabardorligini oshirish maqsadida respublika bo‘ylab “Ombudsman soati” loyihasini amalga oshirib kelmoqda. Ushbu darslar noan’anaviy, kreativ, qiziqarli o‘tkazilishi uchun Ombudsman tomonidan videodarslar tayyorlangan.