Joriy yilning fevral oyida Buxoro viloyati, Buxoro tumanidan fuqaro R.Subxonov Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ga O‘zbekiston Davlat jahon tillari universiteti talabalaridan olingan imtihon natijalaridan norozi ekani, nabirasi A.Raxmonov va yana besh nafar talabalarga qayta imtihon topshirish imkoniyati berilishini so‘rab murojaat qilgan.