O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Samarqand viloyatidagi mintaqaviy vakiliga mehnat huquqlarini taʼminlash bilan bog‘liq ikki murojaat kelib tushdi. Ko‘rilgan choralar natijasida har ikki holatda ham fuqarolarning murojaatlari ijobiy hal etildi.