Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakiliga (ombudsmanga) mehnat huquqlarining buzilishi, jumladan noqonuniy ishdan bo‘shatish holatlari bo‘yicha ko‘plab murojaatlar kelib tushadi. Bu murojaatlar o‘rganilib, qonun buzilish holatlari aniqlangan taqdirda tegishli davlat idoralariga Ombudsmanning asoslantirilgan xulosalari va so‘rov xatlari kiritilishi natijasida ko‘plab murojaatchilar ishga tiklangan.